23:20 Ramzan Qodirovning 22 yoshli qizi vazir bo‘ldi | |
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi – Ayshat Qodirova respublika Madaniyat vazirligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda parlament spikeri Magomed Daudov ma’lum qildi. Rus OAV xabariga ko‘ra, Ayshat Qodirovaning yoshi 22 da va u bunga qadar Madaniyat vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Endilikda uning o‘zi ushbu vazirlikni boshqaradi.
Daudovning qayd etishicha, o‘z ishiga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish natijasida Ayshat Qodirova respublika kutubxonalari, madaniyat uylari va teatrlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, shuningdek Madaniyat vazirligining barcha sohalarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan. Ma’lumot uchun, Ayshat Ramzanovna Qodirova 1998 yil 31 dekabrda Checheniston Respublikasi Kurchaloyev tumani Sentoroy qishlog‘ida tug‘ilgan. U Checheniston davlat universitetini tamomlagan, 2016 yildan buyon “Firdaws” moda uyining direktori, o‘tgan 2020 yilning sentyabrida esa Checheniston Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|