15:10 «Vazir o‘rinbosarining ikkinchi xotini» voqeasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini vazir o‘rinbosarining ikkinchi xotini deya tanishtirgan va YPX xodimlari bilan talashgan ayol masalasi keng muhokama qilinmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv o‘tkazdi. 30 iyul kuni Uchtepa tumanida «Neksiya» avtomobiliga to‘xtash ishorasi berilgan, biroq haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan o‘z harakatini davom ettirgan. Ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida to‘xtatildi. Haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan E.Madina avtotransport vositasini texnik qayd yetish guvohnomasidan tashqari boshqa xujjatlarni taqdim eta olmagan. Javobgarlikdan qochib qutulish maqsadida E.Madina va uning ukasi 1999yilda tug‘ilgan E.Umidlar IIO xodimlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilib, janjal ko‘targan. Fuqarolarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi va huquqbuzarlik sodir yetgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo choralari qo‘llanildi, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|