17:27 Tavakkalchi vazir va tabobat: Qirg‘izistonda koronavirus damlama bilan davolanmoqda | |
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning aytishicha, mamlakat shifokorlari COVID-19 ni zaharli Issiqko‘l ildizi (Jungar akoniti) bilan davolash usulini topgan. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri damlamani o‘zida sinab ko‘rdi.
Xabarga biriktirilgan videoda odamlar tiniq moddani shishaga quyayotganini ko‘rish mumkin. Shisha yorliqlarida “Issiqko‘l ildizi” deb yozilgan. Koronavirusni davolashda akonitning foydasini Respublika sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev ham tasdiqlagan.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari efirga chiqib, COVID-19 ni davolashi aytilayotgan damlamadan foydalanish xavfsizligini isbotladi. Matbuot anjumanida vazir ushbu o‘simlikning ildizi eritmasini ichdi va undan foydalanish shartlari haqida gapirdi. Beyshenaliyevning ta’kidlashicha, damlamani sovutilgan holda ichish qat’iyan man etiladi, bu o‘limga ham olib kelishi mumkin. Ma’lumot uchun, Issiqko‘l ildizi yoki Jungar akoniti – bu kurashchi urug‘idan bo‘lgan o‘simlik. Bu juda zaharli o‘simlik hisoblanadi. Qirg‘izistonda uni “zaharli qo‘rg‘oshin” deb ham atashadi. Bugun, 18 aprel holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 91 883 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 86 907 nafari kasallikdan sog‘aygan, 1549 kishi vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|