17:19 Markaziy Osiyo davlatlari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga qancha to‘lamoqda? | |
Bir necha kundan so‘ng O‘zbekistonda 9 may – Xotira va qadrlash kuni nishonlanadi. Lekin bu bayram aksariyat Markaziy Osiyo davlatlarida Ikkinchi jahon urushi g‘alabasi sifatida nishonlanib kelinadigan kundir. Dunyoda Ikkinchi jahon urushi tugaganiga ham mana 78 yildan oshyapti. Markaziy Osiyo mamlakatlarida urush faxriylari soni ham yildan yilga kamayib bormoqda. Bu kunda 5 davlat urush qatnashchilariga turli xil sovg‘alar, in’omlar taqdim etadi. Xo‘sh, Markaziy Osiyo davlatlari bu yil urush faxriylariga qanchadan to‘lamoqda? QALAMPIR.UZ bu haqida ma’lumot to‘pladi. Qozog‘iston Qozog‘istonda G‘alaba kuni qo‘shaloq bayramdir, chunki 7 may kuni respublikada Vatan himoyachilari kuni nishonlanadi. Mamlakatda bu yil parad o‘tkazish rejalashtirilmayapti. Bunga bir necha yil avval koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan bo‘lsa, bu yil Mudofaa vazirligi byudjet mablag‘larini tejash hisobidan, shuningdek, boshqa muammolarni hal qilish zarurati tufayli parad o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Qozog‘iston hukumatiga ko‘ra, bu yil Ikkinchi jahon urushining har bir ishtirokchisiga kamida 1,5 million tenge (3,3 ming dollar) to‘laydi. Bundan tashqari, ish haqi mahalliy byudjetlar hisobidan oshirilishi mumkin. O‘zbekiston O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga davlat tomonidan 18 million so‘mdan (taxminan 1,6 ming dollar) to‘lash to‘g‘risidagi Prezident farmoni imzolandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi qolgan. O‘tgan yili urush faxriylariga 15 mln so‘mdan pul berilgandi. Beriladigan pul miqdori yildan yilga oshib bormoqda. Qirg‘iziston Qirg‘iziston sobiq Sovet Ittifoqidagi Markaziy Osiyo respublikalari ichida G‘alaba kuni deyarli Rossiyadagi kabi miqyosda nishonlanadigan yagona davlatdir. Hatto Prezident Sadir Japarov bayramni Moskvada nishonlashga qaror qilgan yagona Markaziy Osiyodagi davlat Prezidenti bo‘lib Mamlakatda juda ko‘p tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda, ulardan eng kattasi Janubiy darvozadan boshlanadigan “O‘lmas polk” korteji bo‘ladi. Prezident Sadir Japarov qaroriga ko‘ra, faxriylarga G‘alaba Davlat byudjeti bundan unchalik zarar ko‘rmaydi, chunki aprel oyi boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada Ikkinchi jahon urushining 68 nafar ishtirokchisi qolgan. Tojikiston Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni shu yilning 9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan paradga taklif qildi. Bir qator OAVlarda Rahmonning Moskvadagi paradga borishi haqida xabarlar tarqaldi. Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati Moskvaga safar haqida aniq qaror qabul qilinmaganini, Imomali Rahmon 9 mayni Dushanbeda o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bugunga qadar mamlakatda 37 nafar Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi qolgan. Tojikiston Prezidenti G‘alaba kuni munosabati bilan respublikada istiqomat qilayotgan barcha 37 nafar Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisiga 18 ming somoniy (1650 dollar) ajratishini e’lon qildi. Turkmaniston Turkmanistonda ham G‘alaba kuni nishonlanadi, lekin dam olish kuni berilmaydi. Mamlakatda urush qatnashchilari 200 manat (57 dollar — davlat kursida, bozor narxi bilan esa 10 dollarga teng) va qimmatbaho sovg‘alar olishi mumkin. Bu esa Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng kam miqdordir.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|