11:40 Mashur rus prankerlari Polsha Prezidentiga prank qilishdi | |
Rossiyalik prankerlar Polshaning Ukraina bilan chegaraga yaqin joyda raketa qulagan kechasi Makron nomidan Polsha prezidentiga qoʻngʻiroq qilgan. Vladimir Kuznetsov va Aleksey Stolyarov ismli prankerlar Polshaning Pshevoduv qishlogʻiga raketa qulashidan soʻng, darhol Anjey Dudaga qoʻngʻiroq qilgani va oʻzini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron deb tanishtirganliklarini xabar qilishdi. Polsha prezidenti idorasi ham bu maʼlumotni tasdiqladi. Suhbat yetti yarim daqiqa davom etgan. Prankning nashr etilgan yozuvida, xususan, Duda juda ehtiyotkor ekanligini va sodir boʻlgan voqea uchun Rossiyani ayblamasligini maʼlum qilgan. Polsha prezidenti idorasi suhbat chogʻida Anjey Duda qoʻngʻiroq qiluvchining gʻayrioddiy xatti-harakatidan uni aldashga urinayotgan boʻlishi mumkinligini anglagani va suhbatni yakunlaganini qayd etdi. Polsha Prezidenti devoni holat yuzasidan boshqa xizmatlar bilan hamkorlikda tekshiruv boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu soʻnggi yillarda ikkinchi marta rossiyalik prankerlarning Anjey Dudaga qoʻngʻiroq qilishi. Hozirda Prankerlarning Rossiya Federal xavfsizlik xizmatida ishlashi gumon qilinmoqda, ammo ular buni rad etishmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|