Главная » 2020 » Май » 1 » May oyi dunyo bo‘ylab koronavirusga oid xushxabar bilan boshlandi
22:54

May oyi dunyo bo‘ylab koronavirusga oid xushxabar bilan boshlandi


Dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 3 276 373 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan vafot etganlar esa 233 998 nafarga yetdi.

Dunyo koronavirus bilan 2020 yilning yana bir yilini ortda qoldirdi. 2019 yil oxirida Xitoyda aniqlangan yangi turdagi koronavirus COVID-19 o‘tgan 4 oy davomida dunyoning 180 dan ortiq mamlakatiga kirib bordi. Bular ichida, afsuski, O‘zbekiston ham bor.

Shunga qaramay, 2020 yilning may oyi birinchi kuni quvonchli xabar bilan boshlandi. Gap shundaki, dunyo miqyosida ushbu xastalikdan to‘liq sog‘ayganlar 1 milliondan oshib, 1 024 529 kishini tashkil etmoqda. Bu esa bemorlarning 31,2 foizi sog‘aydi degani. Bundan 20 kun avval ushbu ko‘rsatkich 22,7 foizni tashkil etayotgan edi. 

Ammo o‘lim holatlari o‘tgan 20 kunga nisbatan oshganini ko‘rish mumkin. Bundan 20 kun avval dunyo miqyosida koronavirusdan o‘lim holatlari jami kasallanganlarning 6,1 foizini tashkil etayotgan bo‘lsa, ayni vaqtda bu ko‘rsatkich 7,1 foizga yetgan. 

Koronavirusdan davolanish bo‘yicha yuqori o‘rinni Xitoy egallab turibdi. Mamlakatda 83 944 bemordan 78 567 nafari yoki 93,5 foizi davolangan. Bemorlarning 4 637 nafari yoki 5,5 foizi vafot etgan. 

Ikkinchi o‘rinni Eron egallab turibdi. Mamlakatda kasallanganlarning yarmidan ko‘pi sog‘aygan. Ya’ni 95 646 bemordan 76 318 kishi yoki xastalarning 79,7 foizi kasallikni yengib o‘tgan. Virusni yuqtirib olganlarning 6091 nafari yoki 6,3 foizi vafot etgan. 

Garchi Shveysariyada koronavirusga chalinganlik holati Yevropaning boshqa mamlakatlariga o‘xshash bo‘lmasa-da, mamlakatda bugungacha virus aniqlangan bemorlarning ko‘p qismi sog‘aydi. Shveysariyada 29 705 nafar bemordan 23 400 nafari yoki 78,7 foizi sog‘aydi. Bemorlarning 1749 nafari yoki 5,8 foizi vafot etdi

Yevropa mamlakatlari orasida tartib va intizom borasida alohida o‘rin tutuvchi Germaniya to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Ushbu mamlakat kasallik qayd etilishi nuqtai nazaridan yuqori o‘rinlarda turgan bo‘lsa ham, o‘lim holati boshqalarga nisbatan ancha past. Germaniyada 161 539  bemordan 126 900 nafari yoki 78,5 foizi sog‘lom hayotga qaytgan. Bemorlarning 6623 nafari yoki 4 foizi vafot etgan. 

Ispaniya kasallik qayd etilishi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da sog‘ayish borasida beshinchi o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda 242 988 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Davolanganlar esa 142 450 nafarni yoki umumiy bemorlarning 58 foizini tashkil etmoqda. 

O‘zbekistonni ham yuqoridagi ro‘yxatga kiritish mumkin. Albatta, mamlakatda bemorlar soni ular kabi bo‘lmadi, biroq koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarning 50 foizdan ko‘pi sog‘aydi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 2075 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 1212 nafari yoki 58,4 foizi sog‘aydi. Bemorlarning 9 nafari yoki 0,4 foizi vafot etdi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: xushxabar, koronavirusga oid | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz