Главная » 2020 » Май » 1 » May oyida qanday ob-havo kutilyapti?
17:13

May oyida qanday ob-havo kutilyapti?


Bahorning oxirgi oyi boshlandi. O‘zbekistonda may oyi odatda aprel oyiga nisbatan 4-6 darajaga issiqroq bo‘ladi.

«O‘zgidromet»ning yozishicha, mamlakat markaziy hududlarida oyning birinchi yarmida o‘rtacha harorat 24-27 daraja, ikkinchi yarmida 28-31 darajani tashkil qiladi.

Shu bilan birga, mayda xuddi yozdagidek issiq, 33-36 daraja va undan yuqori haroratli kunlar ham bo‘ladi.

Yomg‘irli kunlar soni aprelga qaraganda kamroq, biroq yomg‘irlar qisqa muddatli va deyarli har doim momaqaldiroqli yomg‘ir kuzatiladi.

Bu yilgi may oyining dastlabki kunlaridagi ob-havo aprel oyi oxirining ob-havosini eslatadi.

Bugun O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy tumanlariga, bu safar Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan, Turkmaniston orqali nam havo oqimi kirishni boshlaydi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, respublikaning qolgan hududida kechga borib yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin faqat Qoraqalpog‘istonda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

2 mayda Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir ertalabgacha to‘xtaydi va kunduzi havo ochiq bo‘ladi. Mamlakatimizning qolgan hududlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

3 mayda Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari qolgan joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

4 maydan vaziyat yana takrorlanib respublikaning janubi-g‘arbiy tumanlariga navbatdagi nam havo kirish kutilmoqda, keyin ushbu havo oqimi butun respublika hududiga tarqaladi.

4 may kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida, 5-6 may kunlari esa butun respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida bu kunlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

6 may kunlari harorat 23-28 daraja atrofida, yomg‘ir vaqtida 20-25 darajani tashkil qiladi.

7 maydan boshlab to oyning birinchi o‘n kunligi oxirigacha mamlakatimizda ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, harorat ko‘tarila boshlaydi va 10 maygacha 29-32 darajagacha isiydi.

May oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida harorat 30-35 darajadan 22-27 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin. Ba'zi kunlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar ham yog‘ishi mumkin.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: May, oyida, kutilyapti, qanday ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz