Главная » 2020 » Октябрь » 8 » 9-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
17:59

9-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?


Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 9-oktyabr kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Toshkent shahri. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 15-17° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarda qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qanday ob-havo, kutilmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz