10:23 Merkel koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonilganini e’lon qildi | |
Germaniya Federativ Respublikasi koronavirus infeksiyasi ustidan muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu haqda kecha, 15 aprel kuni mamlakat kansleri Angela Merkel matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy sog‘liqni saqlash tizimi bemorlarning kasallanish oqimiga qarshi turdi. Ammo aniq bo‘ldiki, vaksinasiz nemis jamiyati hozirgi tartibda yashashni davom ettirishi kerak. Shuningdek Merkel Germaniya xalqiga rasmiylarning tavsiyalariga qat’iy rioya qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Ma’lum qilinishicha, 15 aprel kuni Germaniya hukumati mamlakatda ommaviy tadbirlarni taqiqlashni hech bo‘lmaganda avgust oxiriga qadar uzaytirishi haqida xabar bergan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq 134 753 holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 72 600 nafari sog‘aygan, 3 804 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 58 349 kishini tashkil qilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|