20:00 Messi uzoq muddatga futboldan chetlatilishi mumkin | |
Avvalroq, “Barselona” va “Atletik Bilbao” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogining final bahsida “ko‘k-anor ranglilar” forvardi Lionel Messi raqib hujumchisiga nisbatan qilgan qo‘polligi uchun ilk qizil kartochkasini olib, maydondan chetlatilgani haqida xabar bergan edik. Endilikda, “Atletik Bilbao”ning hujumchisiga qilgan hatti-harakati uchun Messiga uzoq muddatli chetlatish xavf solmoqda. “Marca” nashriga ko‘ra, agar futbol uchrashuvlarini tashkil qilish bo‘yicha Qo‘mita futbolchining hatti-harakatlarini 98-qoida bo‘yicha “tajovuzkor” deb topsa, kamida to‘rtta o‘yinga, ko‘pi bilan esa 12 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Ushbu uchrashuvni boshqarib borgan hakam Xesus Xil Mansano esa Messining hatti-harakatini “tajovuzkor” emas, balki haddan tashqari kuch ishlatish, deb baholagan edi. Ma’lumot o‘rnida, Lionel Messi “Barselona” safida 2004 yildan beri to‘p suradi. Shu vaqt mobaynida u 753 uchrashuvda maydonga tushib, 648 ta gol urgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|