12:36 Miltiq binoklidan qizni tomosha qilgan qashqadaryolik ovchi uni otib qo‘ydi | |
6 iyun kuni soat 21.00 larda Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro Q.S. o‘rtoqlari bilan birga Yakkabog‘ tumanida joylashgan, fuqaro J.M. ga qarashli “Fish bryeyeding” fermer xo‘jaligining baliq yetishtiriladigan ko‘liga borgan. U yerda “Gamo” rusumli pnevmatik miltiqdan ko‘ldagi o‘rdaklarni ovlash maqsadida o‘q uzib, so‘ng spirtli ichimlik iste'mol qilgan. Mast holatda 50 metr uzoqlikdagi ko‘l bo‘yida joylashgan dala shiyponi oldida turgan, unga oldindan tanish bo‘lmagan fuqaro Ch.S. ni miltiq binoklidan kuzatmoqchi bo‘lib, bezorilik oqibatida miltiqni u tomonga qaratgan vaqtida tepkini bosib yuborishi natijasida, miltiqning qo‘rg‘oshinli o‘qi fuqaro S.Ch. ning o‘ng yelkasiga borib tekkan va unga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan shikasti yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Q.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "sof.uz"
| |
|