Главная » 2020 » Август » 2 » Mutaxassis koronavirus bepushtlikni keltirib chiqarishi bo‘yicha savolga javob berdi
15:57

Mutaxassis koronavirus bepushtlikni keltirib chiqarishi bo‘yicha savolga javob berdi


AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda ayrim muhim savollarga javob berildi. 

Koronovirus uzoq masofaga havo orqali tarqalishi mumkinmi?

Yo‘q, koronavirus uzoq masofalarga havo orqali tarqalmaydi.

 Bu virus asosan yo‘talgan yoki aksirgan paytda kasal odamning og‘zidan yoki burnidan sachragan tomchilar orqali yuqadi.

Homilador ayolda koronovirus kasalligi bo‘lmasa, tug‘ruq paytida eri yoki yaqin qarindoshlari hamrohlik qilishlariga ruxsat berilmayapti. Buning sababi nimada?

Tug‘ruq vaqtida hamrohlik epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda cheklanishi kerak. Shuningdek, tuqqan ayollar bo‘limlariga ham tashriflar cheklanishi lozim.

Homilador ayollarga oila a’zolari va yaqinlari bilan aloqada bo‘lish uchun turli xil videoaloqa vositalardan foydalanish tavsiyasi etiladi. Ushbu choralar kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.

Koronavirus infeksiyasi yuqtirgan bemorlar bepushtlikka chalinishlari mumkinmi?

Koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarda bepushtlik rivojlanishi isbotlanmagan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bo‘yicha, Koronavirus, mutaxassis, bepushtlikni, keltirib chiqarishi, savolga javob berdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz