11:08 Koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar ochiqlandi | |
Uxandagi Huangnan bozori 2019-nCoV koronavirusining asl manbayi emas. Bu haqda Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish milliy markazining xitoylik olimlari ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, tadqiqot davomida Xitoyning savdo nuqtalarida sotilgan hayvonlarning namunalari o‘rganilgan. Ularning COVID-19 uchun sinov natijalari salbiy edi. Bu shuni anglatadiki, xaridorlarga virus hayvonlardan yuqmagan.
Bundan tashqari, virus hayvonlar orqali odamlarga "oraliq hayvon" orqali yuqtirilishidan oldin paydo bo‘lganligi tasdiqlangan. Infeksiyaning aniq joyi noma’lum. Jorjtaun universiteti zoologi Kolin Karlsonning so‘zlariga ko‘ra, Uxandagi dengiz mahsulotlari bozori, virus keng tarqalishiga sababchi bo‘lgan xalos. Ma’lumot uchun, 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisi yangi koronavirus ekanligini aniqladilar, keyinchalik kasallik rasmiy ravishda COVID-19 deb nomlandi. JSST 11 mart kuni dunyoda yangi koronavirus pandemiyasini e'lon qildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|