22:45 Xitoy hukumati maslahatchisi koronavirus haqidagi ma’lumotlar yashirilganini tan oldi | |
Uning ta’kidlashicha, Uxanga yanvar oyi o‘rtalarida kelgan va virus odamdan odamga o‘tishini tasdiqlagan. Ammo mahalliy hukumat buni tan olishni istamadi va koronavirus bilan bog‘liq holat «nazorat ostida» ekanini tinimsiz takrorladi. «O‘sha vaqtda mahalliy hokimiyat haqiqatni aytishni istamadi. Aslida ular avval boshdan barchasini yashirgan edi. O‘shandayoq men bu kasal juda ko‘p odamlarga yuqishini aytganman», — deydi virusolog. Shifokorning ta’kidlashicha, Uxanda kasalga uchraganlar rasman 10 kun davomida 41 kishidan oshmagani katta shubhaga sabab bo‘lgan. Bu vaqtga kelib koronavirusga yo‘liqqanlar xorijda paydo bo‘lgani haqida xabarlar berila boshlagan edi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|