13:51 Koronavirus qaysi davlatda yaratilgani aytildi, u Xitoy emas | |
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning Uxandagi laboratoriyasi koronavirusning manbai bo‘lganligi haqida ma’lumotlarga ega ekanligini aytdi. U tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortgan holda, buning uchun yetarli sabablar borligini ta’kidladi. BMTning biologik qurollar bo‘yicha komissiyasi sobiq a’zosi, harbiy ekspert Igor Nikulin NSN efirida yangi turdagi koronavirus sun’iy ravishda AQShda yaratilganligini aytdi. "Virus Xitoyda emas, balki AQShda, Shimoliy Karolina universitetida laboratoriyasida yaratilgan va u Uxanda sinovdan o‘tgan. Chunki sobiq prezident Barak Obama shtatlardagi bunday tajribalarni taqiqlagan edi. Olimlar tabiatda bunday virusning tashuvchisi bo‘lgan hayvonni topa olishmagan. Kimki bunday hayvonni topsa, u albatta Nobel mukofotiga sazovor bo‘ladi”, dedi Igor NSN bilan suhbatda. "Amerikadagi laboratoriyada gibrid virus yig‘ildi, uning 80 foizi insondagi SARS (og‘ir nafas olish sindromi) va 20 foizi Xitoyda ko‘rshapalaklardan paydo bo‘lgani aytilayotgan koronavirusdan iborat edi. Tabiatda bunday patogen mavjud emas edi. Demakki, ayni damdagi koronavirus AQShda yaratilgan bo‘lishi mumkin», — dedi Igor Nikulin. "Menimcha, xitoyliklarga keyinchalik ularni ayblash uchun ushbu virusni ataylab berishgan. Bu shunchaki siyosiy fitna”, deya qo‘shimcha qiladi Igor Nikulin.
Manba: "aniq.uz"
| |
|