Главная » 2020 » Февраль » 8 » Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarning haqiqiy soni oshkor qilib qo‘yildi
11:57

Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarning haqiqiy soni oshkor qilib qo‘yildi


Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarning haqiqiy soni rasmiy ma’lumotlardagidan 80 marta ko‘proqni tashkil qilishi mumkin.

Xitoyning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli kompaniyasi Tencent koronavirus qurbonlarining haqiqiy sonini oshkor qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Voqea bir haftacha oldin yuz bergan. Kompaniya o‘z saytida koronavirus bilan bog‘liq karaxt qiluvchi raqamlarni e’lon qilgan. Ularda ko‘rsatilishicha, 1 fevral holatiga ko‘ra, virusdan 154 ming kishi kasallangan, 24,5 ming kishi vafot etgan. Bu esa qurbonlar soni rasmiy statistikada ko‘rsatilayotgandan 80 marta ko‘proqligini anglatadi.


Ertasi kuni, ya’ni 2 fevraldagi ma’lumotlarda esa rasmiy ma’lumotlarga mos raqamlar berilgan.

Aytish joiz, Tencent xavfli virusning tarqalishi bilan bog‘liq haqiqatni yashirishda ayblanib kelinmoqda.

Oxirgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan 636 kishi vafot etgan, 31161 kishi u bilan kasallangan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Koronavirus, vafot etgan, Xitoy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz