08:57 Namanganda cho‘kayotgan qizni qutqaraman deb yigit halok bo‘ldi | |
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida kecha, 29 mart kuni soat 17:00larda 1999 yilda tug‘ilgan M.Rahimjonova Uchqo‘rg‘on shahar «Ulug‘bek» MFY Nodira ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi «Shimoliy Farg‘ona» kanaliga ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketadi. Shu vaqtda uni qutqarish maqsadida yo‘ldan o‘tib ketayotgan Uychi tumani «Ziyokor» MFYda yashagan, 1997 yilda tug‘ilgan S.Isomxo‘jaev o‘zini suvga tashlagan vaqtida cho‘kib ketgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, M.Rahimjonova qutqarib olinib, shifoxonaga yotqizilgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|