Главная » 2020 » Апрель » 11 » Nima uchun yangi koronavirus avvalgilariga qaraganda xavfliroq?
13:50

Nima uchun yangi koronavirus avvalgilariga qaraganda xavfliroq?


Shifokorlar nima uchun yangi koronavirus avvalgilaridan ko‘ra xavfliroq ekanini aytdi. Ularning fikricha, buning asosiy sababi odam SARS-CoV-2 virusini yuqtirganini juda kech biladi va boshqalarga tarqatishda davom etadi.

Bilamizki, ushbu karonavirus turidagi boshqa viruslar ham avval aniqlangan. Xususan, 2002 yilda SARS koronavirusi va 2012 yilda Yaqin sharq mamlakatlarida MARS koronavirusi odamlar hayotiga xavf solgan. Lekin, ushbu koronaviruslar keng tarqalmagan.

"Yangi koronavirus bilan og‘rigan bemorlar infeksiyani avvalgi infeksiyalari bilan solishtirganda ko‘proq odamlarga yuqtirmoqdalar”, deydi shifokor Aleksandr Myasnikov.

Uning fikricha, avvalgi koronaviruslar juda tezda o‘z alomatlarini namoyish qilgan. SARS-CoV-2 esa o‘z simptomlarini juda kech bildiradi.

"Nima uchun 2002 yildagi SARS koronavirusi kamroq yuqumli bo‘lgan? Yoki 2012 yildagi MARS koronavirusi? Chunki ilgari koronavirus bilan kasallangan odamlar darhol o‘zlarini yomon his qila boshlaganlar va ular boshqalar bilan aloqa qilmasdan avval shifoxonaga yotqizilgan”, deydi Myasnikov.

So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi turdagi koronavirusni 1 698 626 nafar odam yuqtirgan. Ularning 376 734 nafari sog‘aygan, 102 774 nafari esa vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Nima uchun, xavfliroq, yangi koronavirus, avvalgilari, qaraganda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz