Главная » 2020 » Июль » 8 » O‘tgan safar olingan stikerlar o‘z kuchini yo‘qotadimi?
16:35

O‘tgan safar olingan stikerlar o‘z kuchini yo‘qotadimi?


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyulidan 1 avgustiga qadar karantin choralari kuchaytiriladi. Unga ko‘ra, mamlakatda avtotransport vositalaridan foydalanish cheklanadi. 
Xuddi shunday tartib joriy yilning 30 mart – 20 aprel kunlari ham o‘rnatilgan edi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida DXAdan berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz harakatlanish taqiqlangandi. Keyinroq ushbu cheklov skuter va velosipedlarga ham joriy qilindi. 
Xo‘sh, o‘tgan safargi cheklovlar davrida DXA va boshqa mahalliy tashkilotlardan olingan stikerlar navbatdagi cheklovlar davrida ham amal qiladimi? QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova ushbu savol bilan Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosovga yuzlandi. 
“Albatta, stikerli avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat etiladi. Bu haqda to‘liq ma’lumotni ertaga, 9 iyul kuni alohida brifing o‘tkazib, aytishimiz mumkin. Chunki bugun ayni shu masalada tartib-qoidalar o‘rganilib, ko‘rib chiqilmoqda”, deydi Shohruh G‘iyosov. 
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda avtotransport vositalarining harakatlanishiga o‘rnatilgan cheklovlar joriy yilning 18 mayidan berin-ketin bekor qilingan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: stikerlar, karantin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz