12:47 O‘zbekiston ayollar termasi “uch millat kubogi” g‘olibiga aylandi | ||||||||||||||||||||||||||||||||
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi “Uch millat kubogi” xalqaro o‘rtoqlik turniri o‘z yakuniga yetdi. Barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan O‘zbekiston ayollar termasi musobaqa g‘olibiga aylandi. Kecha, 20 avgust kuni so‘nggi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston ayollar termasi Qirg‘izistonni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Terma jamoalar turnir davomida ikki martadan o‘zaro kuch sinashdi. O‘zbekiston ayollar termasi Qozog‘istonga qarshi o‘yinlarda 7:0 va 6:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Qirg‘iziston 3:1 va 1:0 hisobida taslim etildi. “Uch millat kubogi” O‘zbekiston – Qirg‘iziston 1:0 Gol: Shahnoza Qurbonova (76) Ogohlantirish: Yulduz Nabiyev (80) – Ayjan Boronbekova (59), Kenje Irisbek qizi (62)
Manba: "darakchi.uz"
| ||||||||||||||||||||||||||||||||
|