14:52 O‘zbekiston hududiga chigirtkalar yopirilishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi | |
Zararli chigirtkalarni O‘zbekistondagi 122,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlangan. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabatda bildirib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan chigirtkalar yopirilib kirib kelgani haqida turli xabarlar tarqamoqda. Ayni karantin va ob-havoning injiqliklari sabab qishloq xo‘jaligiga ta’sir o‘tkazishi aytilmoqda. Ana shunday sharoitda zararli hasharotlar ekinzorlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlovlarni o‘tkazishga zarur texnikalar bilan ta’minlangan. Mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 320,6 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan kimyoviy vositalar va 211 ming gektarni ta’minlaydigan yoqilg‘i-moylash mahsulotlari zaxirasi yaratilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi ishlovlar may oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlanishi ta’kidlangan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|