18:54 O‘zbekiston Taekvondo terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Toshkentda o‘ldirib ketildi | |
15 iyun kuni Toshkent shahrida sobiq O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi bosh murabbiyi Kim Jin Yong o‘zining tanish hamkasbi hamda vatandoshi tomonidan o‘z uyida o‘ldirib ketildi. Bu haqda hozircha O‘zbekiston huquq-tartibot organlaridan ma’lumot olish imkoni bo‘lmadi. Quyida keltirilayotgan faktlar Koreya mahalliy matbuoti tomonidan tasdiqlangan. Jabrlanuvchi tezda shifoxonaga yetkazilgan va 6 soatlik operatsiya qilingan. Biroq jarohat og‘irligidan 16 iyun tongida vafot etgan. Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgan, ammo yaqin atrofdagi IIB xodimlari tomonidan ushlangan. U 1 oy oldin O‘zbekistonga kelgani aytilmoqda. Ma’lumot uchun, Kim Jin Yong O‘zbekiston taekvondo terma jamoasida 2020 yilning fevralidan dekabriga qadar faoliyat olib borgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu voqea Tokio Olimpiadasi boshlanishiga 1 oy qolganda yuz berdi. Olimpiadaga o‘zbekistonlik taekvondochilarga tarixda ilk bor 4 ta yo‘llanma taqdim etilgan va unda ular to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|