22:50 O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi | |
O‘zbekistonda AI-80 markali benzin narxi biroz tushdi. Bu haqda respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 1—7-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” savdolariga 26 991,0 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 11 504,8 tonnasi, ya’ni 42,6 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 30 xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 251,0 ming so‘mdan 6 128,0 ming so‘mgacha yoki 2 foizga pasaydi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 215,5 ming so‘mni, Ai-91 — 7 628,7 ming so‘mni tashkil etdi. Turli manbalarda keltirishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi. Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Shundan so‘ng 3-maydan boshlab Ai-80 benzinining narxi 500 so‘mga pasayib, bir litri 4000 so‘mdan sotila boshladi. 2020-yilning dekabrida mazkur markadagi benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxi 2,6 foizga ko‘tarilgandi. 2021-yilning yanvar oxirlarida Ai-80 benzini narxi 110 so‘mga qimmatlashishi mumkinligi xabar qilindi. 2021-yilning fevralida ushbu benzin narxi qariyb 5 foizga oshdi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|