22:13 O‘zbekistonda Ai-80 Lyuks markali benzin sotuvga chiqarildi | |
“O‘zbekneftegaz” AJning “UNG Petro” korxonasi Ai-80 Lyuks markali benzin ishlab chiqirishni boshladi. Bu haqda kompaniya xabar berdi. “UNG Petro” MCHJ direktori M.M.Musayevning takidlashicha, Ai -80 Lyuks benzini avtomobil dvigatelining faoliyatiga, shuningdek uning chiqindi gazini qayta ishlash tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bir marta to‘la bak yoqilg‘i quyish natijasida 50 km gacha ko‘proq masofani bosib o‘tishni ta’minlaydi. Avvalroq, O‘zbekiston tarixida ilk bora “Yevro-4” va “Yevro-5” sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgani xabar berilgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|