18:28 O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi o‘sishda davom etdi | |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 2 maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3734 so‘mu 91 tiyin etib belgilandi. Bu 24 apreldagi kursga nisbatan 27 so‘mga ko‘p. Shuningdek, 1 yevro qiymati 4075 so‘mu 98 tiyinga yetgan. 1 AQSh dollari 3734,91 1 Yevro 4075,98 1 Rossiya rubli 65,54 1 Funt sterlingi 4822,51 10 Yaponiya ienasi 334,58 1 Islandiya kronasi 35,20 10 Von 32,85 1 Kuvayt dinori 12282,65 100 Livan funti 247,89 1 Malayziya ringgiti 860,78 1 Norvegiya kronasi 435,38 1 Xitoy yuani 542,08 1 Singapur dollari 2673,33 1 Shvesiya kronasi 421,98 1 Shveysariya franki 3750,29 1 BAA dirhami 1016,88 1 Misr funti 206,46 1 Daniya kronasi 547,16 1 Avstraliya dollari 2794,46 1 Turkiya lirasi 1050,73 1 SDR 5120,63 1 Kanada dollari 2731,79 1 Ukraina grivnasi 140,62 1 Polsha zlotiysi 962,63 Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Manba: "kun.uz"
| |
|