22:20 O‘zbekistonda haydovchilar uchun alohida internet-portal ochiladi | |
Toshkent shahridagi chorrahalarda kameralar ishga tushirilishi munosabati bilan haydovchilar uchun alohida internet-portal tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida ma’lum qilindi. Haydovchilar mazkur portal orqali o‘zlarining qanday qoidabuzarlikni sodir etganligini aniqlashi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, portaldan haydovchilarni qiziqtirgan boshqa ma’lumotlar ham o‘rin egallaydi. Kameralar ishga tushganidan so‘ng, aniqrog‘i 15-29 mart kunlari Toshkent shahridagi chorrahalarga o‘rnatilgan 883 ta kameralar tomonidan 45 mingta qoidabuzarlik qayd etilgan. Ulardan, 26 mingtasi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, 19 mingdan ziyodi esa tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish kabi huquqbuzarliklar tashkil etadi. Shuningdek, YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydlarda 19252 ta qoidabuzarlik aniqlangan. 24 -30 martgacha 8 mingdan ziyod qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lib, ulardan 4 mingtasi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, 4 mingtasi esa tezlikni belgilangan me’yordan oshirish kabi qoidabuzarliklar tashkil etilgan. Hafta davomida 15 ta YTH sodir bo‘lgan, ulardan bittasi inson o‘limi bilan yakunlangan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|