08:35 O‘zbekistonda qattiq sovuq qachongacha davom etadi? | |
O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo sharoitini hali ham markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilamoqda. Yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda. Kechalari sovuq 5—10 darajagacha, shimolda va cho‘l hududlarida 12—17 darajagacha ko‘tariladi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0 daraja sovuqdan oshmaydi. Hafta davomida havo harorati o‘rtacha yillik qiymatlardan 8—10 darajaga past bo‘ladi. Respublikaning ba’zi joylarida tuman kuzatiladi. Demak, anomal sovuq yana bir necha kun davom etadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|