18:34 O‘zbekistonda yana 5 nafar bemor koronavirusni yengib o‘tdi | |
Samarqand va Surxondaryo viloyatida jami 5 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 30 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Samarqandda sog‘ayganlarning 1 nafari 39 yoshli erkak, qolgan 2 nafari esa 39 yoshli va 18 yoshli ayollar bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Shuningdek, Surxondaryoda tuzalib chiqqanlar 31 yoshli va 30 yoshli erkaklar bo‘lib, ikkisi ham Qashqadaryo viloyatidan. Joriy yil 27 mart kuni Moskva-Termiz yo‘nalishida charter reysda kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 18 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 20 nafarga yetdi. Shunday qilib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1108 nafarni tashkil etmoqda. Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2017 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|