Главная » 2018 » Сентябрь » 1 » O‘zbekistonlik Diana xalqaro go‘zallik tanlovida 3-o‘rinni egalladi
13:04

O‘zbekistonlik Diana xalqaro go‘zallik tanlovida 3-o‘rinni egalladi


O‘zbekistonlik Diana Shelkova “Koinot go‘zali — 2018” xalqaro tanlovda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda tanlov matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.

Hakamlar tanlovning birinchi uchta g‘olibini aniqladi.

“Koinot Go‘zali 2018” unvoni rossiyalik Irina Sorokinaga berildi. “Ikkinchi Koinot Go‘zali 2018” unvoni belaruslik Yekaterina Dubrovskayaga topshirildi.

Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Irina Sorokinaga diplom va homiylar va sheriklardan sovg‘alar berildi. Shuningdek, u 2019-yilda hakamlar tarkibida ishtirok etish huquqni ham qo‘lga kiritdi.

“Ikkinchi Koinot Go‘zali 2018” unvonini olgan Dubrovskaya ishtirok etganligi haqida elektron diplom va 2019-yilda hakamlar tarkibida bo‘lish huquqini oldi.

O‘zbekistonlik Diana Shelkovaga esa tanlovda ishtirok etganligi haqida elektron diplom berildi.

Tashkilotchilar 2019-yilda loyihani formatini o‘zgartirishi munosabati bilan shu yilda tanlov finali onlayn-shaklda o‘tkazildi.

2019-yilda loyiha go‘zallik tanlovi sifatida bo‘lmaydi. Endi “Koinot Go‘zali 2019” loyihasi go‘zallik va ijod xalqaro festivali sifatida o‘tkaziladi.

2019-yil mart-aprelda Moskvada loyihaning uchinchi finali o‘tkaziladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 3-o‘rin, egalladi, xalqaro go‘zallik tanlovi, Diana, o‘zbekistonlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz