Главная » 2017»Апрель»21 » O‘zbekistonlik yigit Volgogradda noxush voqea qurboni bo‘ldi
09:19
O‘zbekistonlik yigit Volgogradda noxush voqea qurboni bo‘ldi
Rossiyaning Volgograd viloyatida O‘zbekiston fuqarosi ishtirokida noxush voqea yuz berdi. Bu haqda “Interfax” agentligi xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik yigit Volgograddagi piyozni qayta ishlash omborxonasida ishlagan. Ish qilayotgan vaqtida yigit Ulug‘ vatan urushi davridan qolib ketgan snaryadga ko‘zi tushgan. Unga qiziqishi ortgan yigit kutilmagan portlash qurboniga aylandi.
Tergovchilar yigitni ehtiyotsizlik sabab yuzaga kelgan portlash oqibatida olingan tan jarohati tufayli o‘sha onning o‘zida jon berganini xulosa qilishdi. Ayni vaqtda tekshiruvlar davom etmoqda.