16:44 O‘zbekistonliklar 20 dan ortiq davlatga vizasiz kira oladi (ro‘yxat) | |
Qayd etilishicha, fuqarolar ushbu davlatlarda belgilangan vaqtgacha yurganidan keyin viza rasmiylashtirish kerak bo‘ladi. Mazkur muddat 21 kundan 360 kungachani tashkil qiladi. Quyida o‘zbekistonliklar vizasiz bora oladigan davlatlar ro‘yxati: Ozarbayjon – 90 kungacha; Antigua va Barbuda – 180 kungacha; Armaniston – 180 kungacha; Barbados – 28 kungacha; Gaiti – 90 kungacha; Gruziya – 360 kungacha; Dominika – 21 kungacha; Indoneziya – 30 kungacha; Qozog‘iston – 30 kungacha; Qirg‘iziston – 60 kungacha; Malayziya – 30 kungacha; Moldova – 90 kungacha; Namibiya – 90 kungacha; Sant-Vinsent va Genadin orollari – 30 kungacha; Tojikiston – 30 kungacha; Turkiya – 30 kungacha; Filippin – 30 kungacha. Shuningdek, Belarus, Niue, Kuk orollari, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina davlatlariga borish uchun O‘zbekiston fuqarolaridan umuman viza talab etilmaydi. Bundan tashqari, 33 ta davlatda O‘zbekistonliklar uchun soddalashtirilgan viza tartiblari o‘rnatilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|