09:48 “O‘zbeknavo”: Internetda behayo rasm qo‘yayotgan xonandalar lisenziyasi bekor qilinadi! | |
Ijtimoiy tarmoqlarda behayo rasm va videolarini tarqatayotgan o‘zbekistonlik ayol xonandalarning qilmishi shuhrat qozonish uchun ibodatxonaga o‘t qo‘ygan Gerostratning qilmishiga yodga soladi, deb yozadi “Jamiyat” gazetasi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga behayo suratlarini joylayotgan xonandalar millat ma’naviyatga tahdid solmoqda. “Biz ular bilan har oyda ma’naviyat soatlari o‘tkazib, tartibga chaqiramiz. Har kuni ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boramiz. Noma’qul surat va videolarni oldirib tashlaymiz. Ammo shunda ham quyushqondan chiqadiganlarning lisenziyasini bekor qilishga majbur bo‘lamiz... Ba’zilar ijtimoiy tarmoqqa qanday surat yoki video joylash san’atkorning shaxsiy ishi deb hisoblaydi. Bu noto‘g‘ri qarash”, deydi “O‘zbeknavo” birlashmasi boshqarma boshlig‘i Odilbek Abduqahhorov.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|