14:39 «O‘zgidromet» havo harorati tushishini ma’lum qildi | |
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Bugun va ertaga respublika hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari termometr ko‘rsatkichi 35-37° gacha ko‘tariladi, me’yordan 2-4° ga yuqori bo‘ladi. Lekin, O‘zbekistonning shimoliy chekka hududlariga bugundan boshlab Volga bo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Shanba kuniga kelib, havo harorati 30-33° gacha, Ustyurtda 23-26° gacha pasayadi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Yakshanba kunidan boshlab sovuq front kirib kelishida quruq va salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 32-35°gacha, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 22-27° gacha biroz pasayadi. Keyingi haftaning boshida sovuq antitsiklon ta’siri kuchayadi. Butun hududda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati barcha joylarda iqlimiy me’yorlargacha pasayadi, kechalari va ertalabki soatlarda 10-13° ni, kunduz kunlari 26-29° ni tashkil etadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|