Главная » 2021 » Май » 8 » Olimlar inson xotirasini o‘chira oluvchi skanerni ixtiro qilishdi
11:31

Olimlar inson xotirasini o‘chira oluvchi skanerni ixtiro qilishdi


ATR Computational Neuroscience Labs kompaniyasining hisoblash nevrologiyasi jamoasi noyob DecNef skanerini yaratdi.

Olimlar ushbu skaner yordamida tez orada inson xotirasidan hayotida bo‘lib o‘tgan «baxtsiz lahzalar»ni o‘chira olishadi.

Daily Star nashri yozishicha, ushbu yangilik odamlar orasida katta qarshiliklarga duch kelishi mumkin.

Xotirani tahrirlash texnologiyasi DecNef deb nomlangan.  Uning asl maqsadi post-travmatik sindrom bilan kasallangan odamlarni davolashdir.  Bunda an’anaviy MRT (magnit-rezonans tomografiya) apparatidagi singari elektromagnit impulslardan foydalanadi.

Skaner odam miyasidagi turli xil o‘zgarishlarni, masalan, qonni kislorod bilan ta’minlash darajasini o‘lchaydi.  To‘plangan ma’lumotlar real vaqt rejimida sun’iy aql bilan tahlil qilish uchun uzatiladi.  U odamning xotiralari bo‘lgan paytda miyaning o‘ziga xos sohalarini chizadi.

«Sun’iy intellekt inson miyasida kechayotgan jarayonlarni tushunishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.  Skaner miyaning «og‘riqli» xotiralar paydo bo‘ladigan joylarini kuzatib boradi va bemorga ushbu impulslarni boshqarishda yordam beradi», deya ta’kidlaydi kompaniya olimi Aurelio Kortes.

Keyinchalik texnologiya xotirani kesish va almashtirish jarayonini boshlaydi.  Turli xil impulslar yuboriladi va miyaning bir qismidagi faoliyat boshqasi bilan almashtiriladi.  Natijada, odam xotirasidagi nojo‘ya xotiralar ilgari bo‘lmaganday tuyuladi.

Shunday qilib, skaner odamning miyasini o‘z idroki bilan «aldashga» yordam beradi, deb xulosa qiladi olimlar.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: skanerni, olimlar, Inson, o‘chira oluvchi, ixtiro, xotirasini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz