20:56 Olimlar koronavirus bilan kasallanganlarning tanasida g‘ayritabiiy o‘zgarishlarni topishdi | |
"Radiologiya" jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, ba’zi koronavirus bilan kasallangan bemorlarning oshqozon-ichak traktida g‘ayritabiiy o‘zgarishlar kuzatilgan. 414 kishining COVID-19 ma’lumotlarini o‘rganishgan mutaxassislar kompyuter tomografiya rasmlarining uchdan bir qismidan kamrog‘ida turli xil ichak kasalliklarini aniqlashgan. Masalan, bir nechta bemorda ichak ishemiyasi, shuningdek, xolestaz, safro paydo bo‘lishining buzilishi kuzatilgan. Ushbu bemorlarning o‘rtacha yoshi 57 yoshni tashkil etib, ularning aksariyati mexanik shamollatish moslamalariga ulangan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|