14:58 Olimlar Marsdan sirli eshik topdi | |
Ob’ekt joriy yilning 7 may kuni NASA Curiosity roveridagi Mastcam-Z kamerasi tomonidan suratga olingan. Suratdan sirli “eshik”ning haqiqiy ko‘lamini aniqlash qiyin. O‘z navbatida, NASA bu suratga hali izoh bermagan. Biroq, Reddit forumi sharhlovchilari rasmda tosh qatlamlari siljishi natijasida hosil bo‘lgan yoriq ko‘rsatilgan degan xulosaga kelgan. Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi “Marsquake” joriy yil 4 mayda sodir bo‘lgan, hozirda olimlar uning oqibatlarini o‘rganmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|