Главная » 2021 » Март » 31 » Ona to‘rt nafar farzandini bolalar uyidan olib ketdi (video)
12:58

Ona to‘rt nafar farzandini bolalar uyidan olib ketdi (video)


Uzoq vaqt derazadan yo‘lga tikilib: «mana hozir kelib qoladi, ana hozir kelib qoladi», deb umid bilan yaqinlarini uzoq kutish uchun ham katta sabr kerak.

«Xalq bilan» loyihasining navbatdagi sonida aynan shunday sabr egalarining Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi va undan keyingi holat aks etgan. 

—  Isming nima?

—  Shinin...

— Shirin de, asal qizim, Shirin de. Akangni yaxshi ko‘rasanmi? Bor-chi akangga.

Tarbiyachining so‘zlaridan so‘ng qizchaning akasini quchoqlab olishida ham chuqur ma’no va mehrga tashnalik aks etadi.

Yarim oqshom quching bola beshigini,
Ona qalbi bolaladi dunyolarga.
Farishtalar oching jannat beshigini,
To tonggacha alla aytgan onalarga.

—  Meni oldilariga turg‘azib qo‘ygandilarda, o‘shanda mani ko‘tarib oldilar. «Yaxshi qiz bo‘l», dedilar, — deydi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi ko‘zida tarqamagan quvonchi bilan.

—  Bu dunyoda kim baxtli, kim baxtsiz ekanligini Xudoning o‘zi ko‘rsatadi va kelajak ko‘rsatadi, — deydi bolalar bilan suhbatda Prezident.

Mehribonlik uyi direktori Dilorom Abdurahimovaning aytishicha, 60 nafar bolalardan hozir 47 nafari qolgan. Prezident ketishi bilan bir oila televizorda ko‘rib, 4 nafar farzandini olib ketadi. Boshqa oilalar ham bolalarni olib ketishadi. Hatto ikki nafar boshqa millatga oid bolalarni o‘zbek oilalari farzand qilib olishgan.

4 nafar farzandini olib ketgan ona shunday dedi: «Biz vaqtinchalikka bergandik... Bir vaqtlar farzandlarim bilan bir yerda o‘tirish, bir joyda yotish, birga choy ichish bir vaqtlar orzu-xayol edi...».

—Zulayho xolam bilan onam sumalak pishirishdi. Fotima ukam raqsga tushdi. Husniddin ukam esa do‘mbira chaldi, — deydi qizcha ovozida tarqamagan mungi bilan.

— Prezidentimizni yana ko‘rishni rosa orzu qilaman, — deydi yana bir tarbiyalanuvchi uyalibgina. Ovozidan samimiyat barqib turgan qizchadan Prezidentni yana ko‘rsa, nima deyishini so‘rashganda shunday dedi: «Sizni rosa yaxshi ko‘raman. O‘sha kuni aytmoqchidim, uyaldim».

«Faqat ishonch bilan o‘zlaring ustida ishlab, kerak bo‘lsa o‘sha do‘stlaringdan, qarindoshlaringdan, qo‘shnilaringdan aqlliroq, baxtliroq bo‘lishlaring uchun men hamma sharoitlarni yaratib berishga harakat qilyapman», — degandi Prezident o‘sha uchrashuvda.

Qancha orzu, armonlar bitilgan umr daraxtiga. Kimdir farzandga zor. Bir beg‘ubor yurak esa yo‘ldan ko‘zini uzolmaydi. Bizni asl inson qilishga mehrdan boshqa narsa qodirmikan?


VIDEONI KO'RISH

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bolalar, ona, (Video), uyidan, farzandini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz