14:27 Ozish uchun yordam beradigan ideal mahsulotlar ro‘yxati tuzildi | |
Parhezshunos Natalya Pugachyova ozishga yordam beradigan ideal sabzavotlarni ma’lum qildi. Uning aytishicha, birinchi navbatda, turli xil salat barglari, ayniqsa, ismaloq va seldereyga alohida e’tibor qaratish kerak. "Salat barglarida ko‘p miqdordagi tolalar, foliy va askorbin kislotalardan tashqari, kaliy mikroyelementi ham bor", deydi mutaxassis oziq moddalarni o‘zlashtirish uchun salatni oz miqdordagi o‘simlik yog‘i bilan to‘ldirishni tavsiya qilar ekan. Shuningdek, parhezshunos vaznini yo‘qotish istagida bo‘lganlarga har qanday karam, bodring va lavlagi iste’mol qilishni tavsiya qildi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|