22:56 Pandemiyaga barham berishning eng tezkor va samarali usuli ma’lum qilindi | |
JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreisusning so‘zlariga ko‘ra, vaksinalarning yuqori samaradorligi haqida yaqinda tarqalgan xabarlar pandemiyani to‘xtatib qolishga chinakam umid bag‘ishladi. «Vaksinalarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha oxirgi ijobiy xabarlar natijasida qorong‘i va uzun tunnelning oxiridagi chiroq yanada charaqlab ketdi. Endi vaksinalar sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rilgan choralar bilan birgalikda COVID-19 pandemiyasini to‘xtatishiga umid bor», — dedi u. JSST rahbari boy davlatlarni nochor mamlakatlarga ko‘proq pul ajratishga chaqirdi. «Bu xayriya emas, balki COVID-19 pandemiyasini tugatish hamda jahon iqtisodiyotini rivojlantirishni rag‘batlantirishning eng tezkor va samarali usulidir», — deya ta’kidladi JSST rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu maqsadda ishlab chiqilgan dasturni amalga oshirish uchun shu yilning o‘zida 4,3 milliard AQSh dollari talab etiladi. Bu mablag‘ ko‘p miqdorda vaksinalar, testlar va dori-darmonlar xarid qilish hamda yetkazib berish uchun sarflanadi. Ushbu dasturni amalga oshirish uchun JSSTga keyingi yili yana 23,8 milliard dollar kerak bo‘ladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|