15:31 Plastik jarrohlik orqali go‘zallashgan turk aktrisalari (foto) | |
Hozirgi kunda taniqli aktyor va aktrisalar plastik jarrohga tez-tez murojaat qilib turadi. Kimgadir burni, kimgadir labi, yana kimgadir yonoqlarining shakli yoqmaydi. Turk kino aktrisalarining qay biri jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan? Quyida ushbu savolga javob beramiz.
Ebru Shahin O‘zbek teletomoshabinlariga “Beqaror” va “Istanbullik kelin” filmlaridagi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Ebru Shahinning avvalgi rasmlari hozirgisi bilan solishtirilsa, burnining o‘zgarganini ko‘rish mumkin. Turk OAVlarining ta’kidlashicha, aktrisa rinoplastika jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani aniq. Fahriye Evjen “Choliqushi” filmidagi Feride roli va qizlar qalbini zabt etgan Burak O‘zchivitning turmush o‘rtog‘i sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan Fahriye jarrohlik amaliyotlarini inkor qiladi. Lekin turk matbuotining aktrisa burun shaklini o‘zgartirganiga ishonchi komil. Isbot sifatida esa o‘zgarish shundoq ko‘zga tashlanadigan avvalgi va hozirgi suratlari taqdim qilingan. Neslixan Atagul “Sevgi iztirobi” va ekran yuzini ko‘rganiga ko‘p bo‘lmagan “Elchining qizi” serialidagi mahoratli rollari bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Neslixanning tashqi qiyofasiga tabiiy go‘zal deb baho beriladi. Lekin aktrisaning o‘zi Faxriyedan farqli ravishda jarrohlik amaliyotini o‘tkazganini berkitmaydi. U ko‘zlari tagidagi shishlarni ketkazish uchun jarrohga murojaat qilganini ta’kidlaydi. Lekin OAV Atagulning bundan avval ham jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan — burnini rinoplastika qildirgan deb ma’lumot beradi. Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram rolini qoyilmaqom qilib ijro qilgan Maryam Uzerlining tashqi ko‘rinishi haqida bahsli qarashlar mavjud. Kimdir uni jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan desa, boshqalar u go‘zal ko‘rinish uchun kosmetik ukollar qildirishini bildiradi. Maryamning o‘zi esa bu mish-mishlarga javob bermaslikni afzal ko‘radi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|