18:57 Ijtimoiy tarmoqlar orqali online firibgarlik holatlari ko‘paymoqda | |
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “fake” akkauntlar yaratib, aholini chuv tushirish holatlari ko‘paygan. Yolg‘on xabarlarga ishonib, pullarni tovlamachilarga boy berish holatlari ham ko‘p kuzatilmoqda. Firibgarlar “Click-Bonus”, “Click foydalanuvchilariga pul tarqatmoqda” sarlavhalari bilan yolg‘on xabarlar tarqatishyapti. Ma’lum bo‘lishicha, bu turdagi xabarlar plastik karta foydalanuvchilariga havola bilan birga jo‘natiladi. Xabarda ma’lum bir qiymatli summa miqdori ko‘rsatilib, “Siz g‘olib deb topildingiz” yoxud “Siz mana shuncha summaga ega bo‘ldingiz” mazmunida tabrik yuboriladi. Pulni olish uchun havola orqali o‘tish kerakligi aytiladi, foydalanuvchi unga plastik karta ma’lumotlarini kiritadi va sms kodni firibgarlarga jo‘natadi. Shundan so‘ng, plastik kartadagi pul mablag‘i yechib olinadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|