21:46 Pulmonolog o‘pka zararlanishining ilk alomatlarini ma’lum qildi | |
Shifokor-pulmonolog Sergey Puryasev «Govorit Moskva» radiosiga bergan intervyusida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish talab etiladigan o‘pka zararlanishining ilk alomatlarini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa, nafas siqishi, yo‘tal, isitma va balg‘am ko‘chishiga alohida ahamiyat berish kerak. Shifokorning ta’kidlashicha, hatto, o‘pka kasalliklarida surunkali nafas siqilishidan qiynalayotgan odamlar ham sog‘ligi yomonlashayotganini darrov payqashadi. «Ular nafasi siqayotganini boshqa holatlardan yaxshi ajratadi. Agar u uzoq yillar, deylik, jismoniy yuklama paytida bo‘g‘ilgan bo‘lsa, keyin esa birdan nafasi siqishi o‘zgarsa, ya’ni kuchaysa, u darrov xavotirga tushadi», — deya izohladi Puryasev. Pulmonologning fikricha, ko‘pincha odamlar ilk alomatlarga e’tibor bermaydi. Bu esa kelgusida davolanishni qiyinlashtiradi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|