20:44 Rossiya o‘zining ikkinchi vaksinasi tayyor ekanligini ma’lum qildi | |
Rossiyaning “Vektor” markazi tomonidan ishlab chiqilgan “EpiVakKorona” vaksinasi foydalanish uchun tayyor. Bu haqda “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, vaksina Moskva, Sankt-Peterburg, Tula, Novosibirsk, Rostov-Donga yetkazib berilgan.
Popovaning ta’kidlashicha, avvalo, uzoq aholi punktlaridagi o‘qituvchilar, feldsherlar va shifokorlarni emlash kerak.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi keng ko‘lamli emlash boshlanishini e’lon qilgan edi. Keyinroq, Rossiya Hukumati COVID-19 ga qarshi keng ko‘lamli emlash boshlanganligini e’lon qildi. Moskvada 5 dekabrdan boshlab ayrim toifadagi aholi uchun emlash amalga oshirildi. Vaksinatsiya uchun Gamaleya tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” preparati qo‘llanildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|