Главная » 2020 » Ноябрь » 10 » Rossiya AQShni yo‘q qila oladigan qurolini ma’lum qildi
15:58

Rossiya AQShni yo‘q qila oladigan qurolini ma’lum qildi


Agar Vashington Moskvani yadro poygasiga undaydigan bo‘lsa, Rossiya AQShni halok qila oladigan qurolini sinovdan o‘tkazishi mumkin, dedi Rossiya raketa va artilleriya fanlari akademiyasining axborot siyosati bo‘yicha prezident o‘rinbosari, harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov.

AQShning SNV-3 kelishuvini tark etishidan so‘ng yadro poygasi ehtimoli haqida fikr yuritarkan ekspert kelishuvning bekor qilinishi xalqaro strategik yadro kuchlarini cheklash tizimini butunlay izdan chiqarishini ma’lum qildi. Atom quroliga ega bo‘lgan mamlakatlar qurol-yarog‘ini to‘plashga kirishishi muqarrar. Shunday ekan, Rossiya ham poygaga qo‘shilishga majbur bo‘ladi. Vashington ustunligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun simmetrik javob qaytarish shart emas, deydi Sivkov. Uning so‘zlariga ko‘ra, son emas, sifat muhimroq. Ekspert ushbu vazifani bajarish yo‘llarini ma’lum qildi.

«Amerika qit’asidagi muhim hududlarga bir necha o‘n megatonna trotil ekvivalentli kalibrdagi o‘q-dorilarni yetkazib berish orqali ularning hududida halokatli geofizik jarayonlarni boshlash yo‘li bilan AQShni yo‘q qila oladigan kuchlar guruhini tuzish mumkin», — deya tushuntirdi u.

Sivkovning ta’kidlashicha, bunday o‘q-dorilarni yadro energetikasi qurilmasiga ega «Poseydon» torpedasi hamda «Sarmat» qit’alararo ballistik raketasi yetkazib beradi.

«Bu darajada kuchli o‘q-dorilardan ko‘p emas, bir necha o‘ntasi kifoya qiladi», — deya ta’kidladi mutaxassis.

Uning ta’kidlashicha, ushbu raketalarni shunchaki sinovdan o‘tkazish amerikaliklarni yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar stoliga o‘tirg‘izib, qurollanish poygasini to‘xtatishi mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Rossiya, qurolini, ma’lum qildi, AQShni, yo‘q qila oladigan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz