10:25 Putinning ehtimoliy vorislari reytingi tuzildi | |
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev va Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ehtimoliy vorislari reytingiga boshchilik qilmoqdalar. "Kommersant" nashrining yozishicha, reyting “Peterburgskaya politika” jamg‘armasi tomondan tuzilgan. Reytingni tuzuvchilar siyosatchilarning yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, ommaning ulardan kutayotgan umidlari, faolligi, mojaroga bormasligi, ularga qarshi kampaniya mavjudligi hamda Putin bilan qanchalik ko‘p uchrashishlari kabi ko‘rsatkichlarni hisobga olganlar. Mutaxassislarning fikricha, yetakchi yigirmatalikka kirgan odamlar 2018-2024 yilgi hukmron elitani shakllantiradi. Bunda “voris” tushunchasi keng talqin qilinib, nafaqat prezident lavozimi bilan cheklanadi. Reytingdagi o‘rinlarga kelsak, unda 21 ball bilan 1-o‘rinni bosh vazir Dmitriy Medvedev egallagan. Tuzuvchilar fikricha, Medvedev Korrupsiyaga qarshi jamg‘arma tomondan unga qarshi bahorda chop etilgan tergov bilan bog‘liq “salbiy reyting dinamikasini” yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Moskva meri Sergey Sobyanin 19 ball bilan 2-o‘rinni, Tula viloyati gubernatori, Putin xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Aleksey Dyumin 18-ball bilan 3-o‘rinni egallagan. Yetakchi o‘ntalikka shuningdek Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matvienko, sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin, prezident ma’muriyati rahbari Anton Vayno, uning o‘rinbosari Sergey Kirienko, Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin va "Rosneft" rahbari Igor Sechin kiritilgan. Reytingdan hattoki Checheniston rahbari Ramzan Qodirov (13-o‘rin) va Korrupsiyaga qarshi jamg‘arma boshlig‘i, muxolifatchi Aleksey Navalniy (18-o‘rin) ham o‘rin olgan.
Manba: "kun.uz"
| |
|