Главная » 2018 » Февраль » 7 » Qanday qilib uy sharoitida kran suvini tozalash mumkin?
20:28

Qanday qilib uy sharoitida kran suvini tozalash mumkin?



Vodoprovod suvini ichish juda xavfli – u yerda qanday mikroblar va bakteriyalar bo‘lishi mumkinligini hech qachon bilib bo‘lmaydi.

Bugungi kunda suvni tozalashga mo‘ljallangan maishiy filtrlarni sotib olish muammo emas. Lekin tayyor o‘rnatilgan filtrlar ancha qimmatroq turadi.

Agar siz qandaydir sabablarga ko‘ra filtrsiz qolsangiz, unda kran suvini uy sharoitida tozalashning boshqa yo‘llari ham bor.

Muzlatish yo‘li bilan tozalash

Vodoprovod suvini plastik butilkalarga soling va ularni muzxonaga qo‘ying. Butilkadagi suvning yarmiga yaqini muzlagandan keyin qolgan suvni to‘king, muzli butilkani esa muzxonadan oling va xona haroratida eriting. Bunday suvdan terini parvarish qilishda foydalansangiz bo‘ladi.

Muzlatishdan maqsad shuki, aralashmaning katta qismi muzlamagan suvda qoladi. Butilkadagi muzning tiniq bo‘lishiga e’tibor bering. Loyqa muzni yaxshisi ishlatmagan ma’qul, chunki uning tarkibida zararli moddalar bo‘lishi mumkin.

Faollashtirilgan ko‘mir yordamida tozalash

Ko‘pchilik suv tozalash filtrlarida faollashtirilgan ko‘mirdan foydalaniladi. Undan o‘tkazilgandan keyin suvning hidi va mazasi yaxshilanadi, chunki u suvning tarkibidagi ko‘pchilik zararli aralashmalarni tozalaydi.

Bunday filtrni mustaqil ravishda qilish ham mumkin: tabletkalarni maydalab gazlama yoki dokadan qilingan xaltachalarga joylanadi, idishga solinadi va unga kran suvi quyiladi. Bunday ko‘mirli filtrni bir haftada bir-ikki marta almashtirish kerak.

Yod yordamida tozalash

Ko‘pchilik tozalash tizimlarida faollashtirilgan ko‘mir bilan bir qatorda yod ham ishtirok etadi. U chuchuk suv tarkibidagi patogenlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.

Agar suv xona haroratida yoki issiq bo‘lsa uning ta’siri samaraliroq bo‘ladi. Agar olingan kran suvi tiniq bo‘lsa, unda 1 litr suvga 5 tomchi, agar u loyqa bo‘lsa, unda 10 tomchi yod qo‘shish talab qilinadi. Suv yarim soat davomida tindiriladi, keyin uni ichish mumkin bo‘ladi.

Manba: “Woman.ru”


Manba: "daryo.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: SUV | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz