12:26 Qandli diabet paydo bo‘lishining asosiy sababi aniqlandi | |
Ortiqcha vazn diabet rivojlanishining asosiy sababidir, vazn tashlash esa buning oldini olishi yoki diabetni butunlay yengishi mumkin. Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti hamda Italiyaning Milan universiteti mutaxassislari ana shunday xulosaga kelishdi. Olimlar o‘rtacha yoshi 57,2 bo‘lgan 445 765 kishining biologik ma’lumotlarini tekshirib chiqishdi. Ikkinchi turdagi diabet rivojlanishi 6,9 million genlarni analiz qilish asosida hamda tana og‘irligi indeksi asosida aniqlandi. Olimlar barchani 5 guruhga bo‘lishdi: genetik jihatdan kasallikka moyil bo‘lganlar va tana og‘irligi indeksi bo‘yicha kasallikka moyil bo‘lganlar. Tajriba ishtirokchilari 65,2 yoshgacha kuzatuv olib borildi. Ushbu vaqt ichida 31 298 kishida ikkinchi turdagi diabet rivojlandi. Shu bilan birga, tana og‘irlik indeksi yuqori bo‘lganlarda diabet rivojlanish ehtimolligi 11 marotaba yuqori bo‘lgan. Ya’ni ortiqcha vazn diabet rivojlanishiga odamning genetik moyilligidan ko‘ra muhimroq faktor bo‘lgan. Olimlar xulosasiga ko‘ra, aksariyat hollarda tana og‘irlik indeksini muayyan darajada ushlab turish orqali diabet rivojlanishining oldini olish mumkin. Buning uchun tana og‘irlik indeksi qonda shakar miqdori keskin ko‘payishi darajasiga yetmasligi kerak. Agar diabetning dastlabki bosqichlarida, kasallik tanaga qaytarib bo‘lmas shikast yetkazmasdan oldin vazn tashlansa - diabetni orqaga qaytarish ham mumkin.
Manba: "aniq.uz"
| |
|