Главная » 2022 » Июль » 23 » Qarshidagi kanalda vabo vibrioni aniqlandi.
09:57

Qarshidagi kanalda vabo vibrioni aniqlandi.


 
 Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi magistral kanalining Qarshi tumanidagi “Mirmiron” MFY hududidan oqib oʼtuvchi qismidan olingan suv namunasida vabo vibrioni aniqlangani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

 Qayd etilishicha, joriy yilning 5 iyunь kuni Respublika oʼlat profilaktika markazining viloyat filiali xodimlari tomonidan Qarshi magistral bosh kanalining Qarshi tumani “Mirmiron” MFY hududidagi Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining viloyat boʼyicha mintaqaviy filiali roʼparasidagi ochiq suv havzasidan tekshirish uchun olingan suv namunasidan vabo vibrioni (kasallik chaqirmaydigan turi) aniqlangan. 

 Shu sababli aholi oʼrtasida vabo kasalligining oldini olish maqsadida mazkur hududda profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni olib borish boʼyicha “Oʼzbekiston mustaqilligi” oilaviy poliklinikasi mudirasiga bildirish xati yuborilgan.
 
 San-epid xizmatining Qarshi tumani boʼlimi tomonidan Sogʼliqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlariga asosan yuqorida qayd etilgan hudud atrofida yashovchi aholi orasida oʼtkir oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olish boʼyicha targʼibot tadbirlarini kuchaytirish, poliklinikaga oʼtkir diareya tashxisi bilan murojaat qilganlardan klinik hamda epidemiologik koʼrsatma boʼyicha vabo kasalligiga tekshirish uchun namunalar olib, laboratoriyaga yuborish boʼyicha topshiriq berilgan.

 Tekshirishlar natijasida mazkur hududda vabo kasalligiga gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan. Yuqorida qayd etilgan ochiq suv havzasidan 19 iyulь kuni vabo kasalligiga tekshirish uchun qayta namunalar olingan.   Tekshiruv natijalari boʼyicha vabo vibrionlari qayd etilmagan.

 “Mazkur hududda aholi oʼrtasida epidemiologik barqarorlik taʼminlanganligi va xavotirga oʼrin yoʼqligini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.

 Eslatib oʼtamiz, San-epid xizmati Аfgʼonistonda vabo tarqalishi munosabati bilan oʼtgan haftan boshlab qoʼshni davlatlardan kelayotgan boʼyicha nazoratni kuchaytirgan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vibrioni, Qarshidagi, aniqlandi., vabo, kanalda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz