22:44 Qashqadaryolik fuqaro xiyonat tufayli kaltaklangani aytilmoqda | |
Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanidagi fuqaroni, 15-yanvar kuni 3-4 kishi qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, shafqatsizlarcha kaltaklashgani aytilgan fuqaro ishi Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi. IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Yakkabog‘ tumanida yashovchi Komil A. tuman IIBga 17 yanvar kuni holat bo‘yicha ariza bilan murojaat qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilning 15-yanvar kuni soat 10:00 da uni sinfdoshi A.Q. va uning turmush o‘rtog‘i G.A. telefon orqali o‘zlarining Qurashayx qishlog‘idagi yashash uyiga chaqiradi. Komil A. o‘z murojaatida A.Q.ning yashash uyi ayvoniga kirgan vaqtida uni urib, oyoq va qo‘llarini arqon bilan bog‘lab, uning yuz, bosh va son sohalariga tayoq bilan qasddan urib, ro‘zg‘or kapkirini olovda qizdirib, Komil A.ning qorin sohasiga bir necha marta bosib qiynab kuydirishganligini, ushbu holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Dastlabki tergov harakatlari davomida, A.Q. ishlash maqsadida Rossiyaga ketgan vaqtida uning turmush o‘rtog‘i G.A. jabrlanuvchi Komil A. bilan o‘zaro munosabatda bo‘lib kelganligi aniqlangan. Bundan tashqari, Komil A. 15-yanvar kuni shifoxonaga murojaat qilgan vaqtida yuqoridagi janjalni yashirgan holda, otdan yiqilib, uni ot sudrab ketganligini ma’lum qilib, birinchi yordamni olib shifonadan chiqib ketganligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|