Главная » 2020 » Октябрь » 6 » Qirg‘izistonda namoyishchilar Hukumat binosini egallab oldi
11:50

Qirg‘izistonda namoyishchilar Hukumat binosini egallab oldi


Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda parlament saylovi natijalaridan norozi namoyishchilar mamlakat Hukumati binosini egallab oldi. Bu haqda Hukumat apparati xodimlari ma’lum qildi.

Apparat xodimlari ertalab ishga kelishgan, biroq binoni egallab olgan odamlar ularni kiritmagan.

“Namoyishchilardan bir necha o‘n kishi Hukumat uyini egallab oldi va hech kimn u yerga kiritmadi”, degan TASS bilan muloqotda bo‘lgan xodimlardan biri.

Avvalroq, namoyishchilar parlament binosini egallab olgani aytilgandi. Ular o‘t o‘chiruvchilar mashinasida parlament darvozasini buzib, ichkariga yopirilgan. Bundan tashqari, ular Bishkek meriyasiga ham bostirib kirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan 3,5 million saylovchining 1,98 millioni yoki 56,2 foizi qatnashgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rtta siyosiy partiya 7 foizlik barerdan o‘tib, mamlakatning eng yuqori qonun chiqaruvchi organining yangi tarkibiga kirishi mumkin. Bular “Birlik” (24 foiz), “Makonim Qirg‘iziston” (24 foiz), “Qirg‘iziston” (8 foiz) va “Butun Qirg‘iziston” (7 foiz) partiyalari.

Ovoz berishning rasmiy natijalari byulletenlarni qo‘lda sanab chiqilib, yakuniy bayonnomalar MSKga topshirilgandan keyin 20 kun ichida e’lon qilinadi. Noroziliklar ham shuning ortidan boshlandi.

Ammo saylov natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari namoyish uyushtirdi. Keyinroq namoyish tartibsizlikka aylanib ketdi. Namoyishchilar qamoqdagi sobiq Prezident Almazbek Atamboyev va Bosh vazir Sapar Isakovni ozod qilishdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qirg‘izistonda, namoyishchilar, binosini, egallab oldi, hukumat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz